From 566c74b74ad82a3ed4bbb7efd1685b8aefb624d0 Mon Sep 17 00:00:00 2001 From: Diyorbek Mamataliyev <91861166+DiyorbekMamataliyev@users.noreply.github.com> Date: Sun, 10 Oct 2021 11:10:23 +0500 Subject: [PATCH] Update math-sinfi.md --- c-.net/basic/starter/math-sinfi.md | 27 +++++++++++++++++++++++++++ 1 file changed, 27 insertions(+) diff --git a/c-.net/basic/starter/math-sinfi.md b/c-.net/basic/starter/math-sinfi.md index 56835634..fa3b1cfb 100644 --- a/c-.net/basic/starter/math-sinfi.md +++ b/c-.net/basic/starter/math-sinfi.md @@ -30,3 +30,30 @@ Math.Atan(1)=0,7853981633974483. **Math.Floor()** - sonning butun qismi, kiritilgan sondan kichik yoki unga teng bo'lgan eng yaqin butun sonni qaytaradi. *double* yoki *decimal* tipida ma'lumot qabul qiladi va qaytaradi. Math.Floor(1.5)=1; Math.Floor(-1.5)=-2; Math.Floor(1.0)=1. +**Math.IEEERemainder()** - bir sonni boshqasiga bo'lgandagi qoldiqni hisoblaydi, faqat bu metodning ishlash algoritmi oddiy qoldiqnikidan boshqacharoq. a sonni b ga IEEERemainder orqali bo'lsak qoldiq IEEERemainder(a,b) = a - (b * Math.Round(a / b)) umumiy formula bilan hisoblanadi. Ya'ni agar a/b ning butun qismi 0.5 dan kichik bo'lsa IEEERemainder() ning qaytargan javobi oddiy qoldiq(a%b) bilan bir xil, aks holda a%b-b ga teng bo'ladi. Masalan, IEEERemainder(10,3)=-1; IEEERemainder(9,4)=1. + +**Math.Log()** - sonning logarifmini hisoblaydi. Ikki xil usulda ishlatish mumkin. Agar bitta son kiritilsa shu sonning natural logarifmini, ikkita son kiritilsa ikkinchi son logarifmning yangi asosi bo’lib qoladi. Masalan, Math.Log(32,2) deb yozsak 2 asosga ko’ra 32 ning logarifmini hisoblab, bizga 5 ni qaytaradi. + +**Math.Log10** - sonning o’nli logarifmini hisoblaydi. Math.Log(100) bizga 2 degan javobni qaytaradi. + +**Math.Max()** - ikki sondan kattasini aniqlab beradi. Kiruvchi parametr sifatida ikkita son kiritiladi, bizga ulardan kattasining qiymatini qaytaradi. + +**Math.Min()** - ikki sondan kichigini topadi. Kiruvchi parametr sifatida ikkita son kiritiladi, bizga ulardan kichigining qiymatini qaytaradi. + +**Math.PI** - konstanta. Pi sonining qiymati 3,14159265358979 ni qaytaradi. + +**Math.Pow()** - sonni darajaga ko’taradi. Kiruvchi parametrda ikkita son asos va daraja kiritiladi, bizga hisoblangan qiymatni qaytaradi. Masalan, Math.Pow(3,2) 9 ni qaytaradi. + +**Math.Round** - sonni yaxlitlaydi. Agar kiruvchi parametrda bitta son Math.Round(a) ko’rinishida kiritilsa, a ni butun songacha yaxlitlangan qiymatini, ikkita son Math.Round(a,b) ko’rinishida kiritilsa, a sonni verguldan keyin b ta xonagacha yaxlitlangan qiymatini qaytaradi. + +**Math.Sign()** - sonning ishorasini aniqlab beradi. Agar son musbat bo’lsa 1 ni, manfiy bo’lsa -1 ni, nolga teng bo’lsa 0 ni qaytaradi. + +**Math.Sin()** – burchakning sinusini hisoblaydi. Burchak qiymati radianda kiritiladi. Kiruvchi va qaytariluvchi parametrlar faqat *double* tipida bo'ladi. Math.Sin(3.141592653589793)=0; + +**Math.Sqrt()** - sonning kvadrat ildizini hisoblaydi. + +**Math.Tan()** - burchakning tangensini hisoblaydi. Burchak radianda kiritiladi. Kiruvchi va chiquvchi parametrlar faqat *double* tipida bo’ladi. Masalan, Math.Tan(3.141592653589793) ifoda 0 ni qaytaradi. + +**Math.Tanh()** - burchakning giperbolik tangensini hisoblaydi. + +**Math.Truncate()** - bu metod ham sonning butun qismini hisoblaydi. Musbat sonlarda Math.Floor() bilan bir xil ishlaydi. Lekin ularning farqi manfiy sonlarda namoyon bo’ladi. -3.14 ning butun qismini olib ko’radigan bo’lsak, Math.Truncate(-3.14) ifoda -3 ni, Math.Floor(-3.14) ifoda esa -4 ni qaytaradi. Matematik tomondan butun qism olish uchun Math.Floor() to’la mos keladi, lekin shuni unutmangki, Math.Truncate() ni ham o’z o’rni bor.